Yangiliklar - Lokomotiv Toshkent FK
Xush kelibsiz, mehmon! reGistratsiya / kirish
Yangiliklar
15.01.2007 holati bo'yicha "Lokomotiv" ("InterFUTBOL") (590/0)
O'tgan mavsumni ancha bo'sh o'tkazgan va qiyinchilik bilan Oliy Ligadagi o'rnini saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ham allaqachon mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Ma'lumotlarga qaraganda, jamoadagi o'zgarishlar talaygina. Jumladan, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosidao'tkazgan Afzal Azizov va Erkin Boydullayevlar yana "Quruvchi" ixtiyoriga qaytishgan. Haydar Pirnazarov esa kelgusi taqdirini poytaxtning boshqa bir vakili - "Paxtakor" bilan bog'ladi.
Uyda yana ochko yo'qotildi... (595/0)
O'tgan turda "Neftchi"ni safarda mag'lub etib qaytgan Ravshan Muqimov shogirdlari bu safar JARda "Andijon"dan mag'lub bo'lib, yana hammani hayron qoldirdilar. Uchrashuv 1-0 hisobida "Andijon" foydasiga hal bo'ldi. Yagona to'p muallifi - so'nggi turlarda "Andijon" joniga oro kirayotgan Doniyor Hamidullayev bo'ldi. Hisob 25 daqiqada ochilgan bo'lsa, oradan 10 daqiqa o'tib "Andijon" bir o'yinchi kam bo'lib o'ynay boshladi.
"Lokomotiv" Farg'onadan uch vagon neft bilan qaytdi! (534/0)
Hurmatli futbol ishqibozlari, mashhur latifani eslang. Futbol ishqibozi do'konga kirib, "Traktor - Chempion!" degan kitobni so'raydi. Do'kon xizmatchisi esa fantastika asarlari ikkinchi qavatda ekanligini aytadi. Latifa bugungi uchrashuvga unchalik ham to'g'ri kelmasa ham, lekin "Loko" futbolchilari Farg'onada salkam fantastik ishni amalga oshirib qaytdilar. To'g'risi, men o'yinni ko'rganim yo'q. Ammo "Loko" aynan shu kuni chempionatdagi eng chiroyli o'yinlaridan birini o'tkazgani aniq. Shunday qilib, 11-noyabr kuni Farg'onada fantastik asar yaratildi, Erkin Boydullayev esa ushbu asarning muallifiga aylandi smile
"Loko" – "Vobkent" 0:0 - boy berilgan qimmatli ochkolar… (602/0)
… hali qimmatga tushmasaydi. 2-noyabr kuni “Lokomotiv” “JAR”da o’zining eng asosiy raqiblaridan biri “Vobkent”ni qabul qildi. Ko’pchilik ushbu uchrashuvda temiryo’lchilarning g’alabasini tahmin qilayotgandi. “Loko”ning uyda o’ynayotganligi, so’nggi natijalar shunday xulosaga kelishga undardi. Ammo maydon tekis, to’p yumaloq, hammasi maydonda hal bo’ladi. Bir tur avval safarda yana bir asosiy raqibini yer tishlatgan “Loko” bu safar “Vobkent” darvozasiga yo’l topa olmadi. Shuni ta’kidlash o’rinliki, o’tgan turda “Metallurg” “Vobkent” mehmoni bo’lib, safardan 1:0 hisobidagi g’alaba bilan qaytgandi.
Yevgeniy Zemskov Turkmaniston terma jamoasidan chaqiruv oldi (557/0)
Asta-sekinlik bilan 2010 yil Janubiy Afrika Respublikasida bo’lib o’tadigan Jahon Chempionatiga saralash bahslari start olmoqda. Osiyo mintaqasida 1-saralash bosqichi uchrashuvlari yakuniga yetib, keyingi bosqichga yo’l olgan jamoalar nomi aniq bo’ldi. Saralash bahslarida ishtirok etgan Turkmaniston terma jamoasi raqibi Kambodja ustidan umumiy hisobda 5-1 natijasini qayd etib, keyingi bosqichga yo’l oldi. Quvonarli tomoni, “Lokomotiv”ga ikkinchi davradan kelib qo’shilgan turkmanistonlik qanot yarim himoyachisi Yevgeniy Zemskov ham ushbu qatnashish uchun Turkmaniston terma jamoasiga chaqirildi.
“Sho’rtan” – “Loko” 1:1. Mag'lubiyatsiz seriya!! Ko'z tegmasin!!! :) (558/0)
“Loko”ning mag’lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda. Ketma-ket ikkinchi tur safarda to’p surayotgan Muqimov shogirdlari mag’lubiyat nimaligini bilishmayapti. Bu safar G’uzorda mahalliy “Sho’rtan” mehmoni bo’lgan temiryo’lchilar uchrashuvning 8-daqiqasidayoq hisobni ochishga erishgandilar. Ammo oradan 14 daqiqa o’tib Pavel Pavlovning goliga “Sho’rtan”ning turkmanistonlik legioneri Arif Mirzoyev javob berdi – 1:1. Ushbu hisob uchrashuv yakuniga qadar o’zgarmadi.
Safarda birinchi g'alaba!!! (561/0)
Oliy Liga 23-tur uchrashuvlari doirasida Bekobodga safar qilgan Ravshan Muqimov shogirdlari safardan muhim g’alaba bilan qaytishdi. Marsel Idiatullin tomonidan uchrashuvning so’nggi 10 daqiqasida kiritilgan ikki gol “Lokomotiv”ning ajoyib g’alabasiga zamin yaratdi. Birinchi Ligaga “nomzodlar” bahsidagi g’alaba “Loko” hamda “Metallurg” o’rtasidagi ochkolar farqini 7 taga yetkazgan bo’lsa, shu kuni Toshkentda “Traktor”ga mag’lub bo’lgan “Vobkent” bilan oradagi farq uchtani tashkil etmoqda.
"Toshkent derbisi"da "Lokomotiv" g'alaba qozondi. Vaziyat o'nglanmoqda (470/0)
Bu ikki jamoa to’qnashuvi hamisha derbi maqomiga xos ravishda keskin va murosasiz ruhda o’tadi. Ammo bu safar ular o’rtasidagi o’yin go’yoki, rasmiyatchilik uchun o’tkazilishini tahmin qilayotgan muxlislar ham yo’q emas edi. Sababi aniq, “Lokomotiv” Oliy Ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Traktorsozlar esa nari borsa 7-o’rin bilan kifoyalanishlari mumkin. Chunki ulardan yuqorida borayotgan jamoalar ancha ilgarilab ketishgan. Shuning uchun ayrimlar “Traktor”ning hamshahariga yon bosishini tahmin qilayotgan edi. To’g’ri, uchrashuvda temiryo’lchilar g’alaba qozonishdi. Biroq, oldinga o’tib shuni aytish kerakki, ular bunga osonlikcha erishganlari yo’q. Keling, yaxshisi hammasini boshidan boshlay qolaylik.
Edgar Gess "Loko"dan ketdi (600/0)
“Quruvchi” PFK rasmiy veb-saytini xabar berishicha :), ikkinchi davradan “Lokomotiv”da maslahatchi murabbiy vazifasida ish olib borgan rossiyalik mutaxassis – Edgar Gess kuni kecha jamoa lagerini tark etgan. Jamoani qiyin bir sharoitda qabul qilib olgan tajribali murabbiy jamoa o’yinini shakllantira olgan va jamoa ijobiy natijalarni ko’rsaitishni boshlagandi. Aynan uning qo’li ostida jamoa 198 kunda Oliy Ligada g’alaba qozonishga muvaffaq bo’ldi.
« 1 2 ... 4 5 6 7 »
INTERVYU
KEYINGI UCHRASHUV
18-aprel, shanba
Lokomotiv - Mash'al
 
SO'NGGI UCHRASHUV
Nasaf 1:1 Lokomotiv
tafsilot / statistika / taqvim
Lokomotiv Oliy Liga-2009da
3 Olmaliq 5 10
5 Xorazm 5 8
6 LOKOMOTIV 5 8
7 Navbahor 4 6
8 Neftchi 5 6
to'liq jadval / to'liq taqvim
   
Хостинг от uCoz
Bosh sahifa |  Loyiha haqida |  Aloqa |  Yangiliklar 
Intervyular |  Tarix |  Jamoa |  Klub |  Stadion 
Taqvim |  Jadval |  Fotoalbom |  Loyihalar 
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda lokomotiv.tash.uzga manba ko'rsatish shart! Taklif va tanqidlar uchun: mailbox@lokomotiv.tash.uz
Copyright © 2006-2008