Create site free
Yangiliklar - Lokomotiv Toshkent FK
Xush kelibsiz, mehmon! reGistratsiya / kirish
Yangiliklar
EL VIENTO BRAZILENA yoki "Shamol" laqabli braziliyalik (597/1)
EL VIENTO BRAZILENA yoki "Shamol" laqabli braziliyalik. O'FF matbuot xizmati hodimi Alim Arifov tomonidan "Lokomotiv"ning braziliyalik futbolchisi - Everton Dos Chagos Kavalkante bilan uyushtirilgan va "Sport muxlisi" jurnalida chop etilgan intervyu bilan tanishing.
Oliy Liga. "Navbahor" - "Lokomotiv" - 3:1 (740/0)
Rauf Inileyev ustozligidagi terma jamoamizning JCh-2010 saralash bosqichidagi o'yinlari sabab yuzaga kelgan bir oylik tanaffusdan keyin 25-iyun kuni Oliy Liga-2008 bahslari o'z yurishini davom ettirdi. Bu kun Sergey Kovshov shogirdlari gullar shahri Namanganda - "Navbahor" mehmoni bo'lishdi. Uchrashuv qanday o'tgani haqida hech qanday ma'lumotlar yo'q. Ammo uchrashuv bosh hakami Ravshan Ermatov "atigi" 8,8 baho olgani va "Loko"ning yagona goli Marsel Idiatullin hisobiga yozilgani haqida O'FF veb-sayti tomonidan taqdim etilgan statistika orqali ma'lumot olishimiz mumkin.
Oliy Liga. "Loko" - "Metallurg" - 1:0 (730/0)
Bugun "Lokomotiv" Toshkentda Toshkent viloyatining "Metallurg" jamoasini qabul qildi. Uchrashuv taqdirini "temiryo'lchi" Ilnur Xazigaliyev tomonidan 41-daqiqada kiritilgan gol hal qildi. Uzfootball.com'da keltirilgan statistikaga ko'ra, uchrashuvni 2158 tomoshabin bevosita stadiondan kuzatgan...
Olim Navkarov milliy terma jamoa ro'yhatida (640/0)
2 kun oldin milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Rauf Inileyev 2-iyun kuni Singapurga qarshi bo'ladigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yhatini e'lon qildi. Ne ajabki, deyarli bir yillik tanaffusdan so'ng milliy terma jamoamizga "Lokomotiv"dan yana futbolchi jalb etilmoqda. Bu - Olim Navkarov. So'nggi uchrashuvlardagi serhmahsul o'yini e'tiborsiz qolishi mumkin emas edi.
14-mart kuni O'zbekiston Kubogi uchun... (774/0)
Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston degan mamlakatda futbol bo'yicha Kubok musobaqalari ham bor ekan. Ne ajabki, biz bundan bexabar, 29-mart kuni Jizzaxda bo'ladigan uchrashuvga tayyorlanib yotgan ekanmiz. Nachora, ertaga futbol: Sokol - Lokomotiv. Bu haqda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi xabar bermoqda. Xabarda ertangi uchrashuvga hakamlik qiladigan shaxslarning nomlari oshkor etilgan smile Ko'raylik-chi...
Yana 0:0 (818/0)
"Nasaf" bilan o'yinda ham hisob ochilmadi. Qiziqarli tomoni, "Loko" ham, "Nasaf" hozircha darvozalaridan to'p olib chiqqanlari yo'q. Statistika bilan tanishing:
O'rinbosarlar: "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvida darvozalarga 9 ta gol urildi (721/0)
Kecha Oliy Liga O'rinbosarlar musobaqasida 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Tur doirasida "Lokomotiv" o'z uyida "Nasaf"ni qabul qildi. Uchrashuvni tomosha qilishga kelgan ishqibozlar jami 9 golga guvoh bo'ldilar. Ulardan 4 tasi mezbonlar darvozasidan o'rin olgan bo'lsa, mezbonlar "Nasaf" darvozasini 5 marta ishg'ol qildilar.
"Buxoro" - "Loko" - 0:0 (751/0)
"Loko" 2008-yilgi rasmiy mavsumni nursiz durang bilan boshlandi. "Buxoro"ga safar qilgan Sergey Kovshov shogirdlari uchrashuvning aksariyat qismida raqiblari ustidan tashabbusga ega bo'lganliklariga qaramay, ushbu tashabbusni hisobda ham aks ettira olmadilar. Asosiy muammo - hujumlarni yakuniga yetkazishdagi noaniqliklardir.
Oliy Liga-2008 o'rinbosarlar musobaqasi: "Loko" "Buxoro"ga ikki to'p farqi bilan mag'lub bo'ldi (688/0)
O'FF rasmiy sayti xabariga ko'ra, kecha Oliy Liga o'rinbosarlari o'rtasidagi chempionatga start berildi. Birinchi turda Buxoroda mehmon bo'layotgan "Lokomotiv" o'rinbosarlari raqiblariga 2:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.
« 1 2 3 4 5 6 7 »
INTERVYU
KEYINGI UCHRASHUV
18-aprel, shanba
Lokomotiv - Mash'al
 
SO'NGGI UCHRASHUV
Nasaf 1:1 Lokomotiv
tafsilot / statistika / taqvim
Lokomotiv Oliy Liga-2009da
3 Olmaliq 5 10
5 Xorazm 5 8
6 LOKOMOTIV 5 8
7 Navbahor 4 6
8 Neftchi 5 6
to'liq jadval / to'liq taqvim
   
Хостинг от uCoz
Bosh sahifa |  Loyiha haqida |  Aloqa |  Yangiliklar 
Intervyular |  Tarix |  Jamoa |  Klub |  Stadion 
Taqvim |  Jadval |  Fotoalbom |  Loyihalar 
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda lokomotiv.tash.uzga manba ko'rsatish shart! Taklif va tanqidlar uchun: mailbox@lokomotiv.tash.uz
Copyright © 2006-2008