Viktor Kumikov: "Loko" bitta qo'pol xatoimizdan foydalanib qoldi - Yangiliklar - Lokomotiv Toshkent FK
Xush kelibsiz, mehmon! reGistratsiya / kirish
Yangiliklar
Viktor Kumikov: "Loko" bitta qo'pol xatoimizdan foydalanib qoldi (648/0)    
© fcnasaf.uz
"Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin maydon egalari bosh murabbiyi Viktor Kumikov "Loko" bitta hujumni golga aylantira olganini, shogirdlari esa ko'plab hujumlarni oxiriga yetkaza olmaganliklari tufayli ochko yo'qotishganini ta'kidlab o'tdi.

"Ikkita teng kuchli va sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalarning o'yinida u qadar ko'p xavfli vaziyatlar yuzaga kelmaydi. To'g'ri, tashabbus biz tarafda bo'ldi. Ammo imkoniyatlarni golga aylantirishda shogirdlarimga aniqlik yetishmadi. Himoyadagi yagona qo'pol xato golga olib keldi. Raqibimiz ana shu birgina imkoniyatdan foydalanib qoldi. Bizga esa ko'plab hujumlarni oxiriga yetkazib qo'ya olmadik", - dedi "Nasaf" bosh murabbiyi.

Viktor Kumikov "Lokomotiv" darvozaboni Aleksandr Filimonov haqida ham to'xtalib o'tdi.

"Uni ishonchli o'yin ko'rsatishini albatta bilardik. Biz o'zimiz unga yaxshi o'yinini ko'rsatish imkonini yaratdik. Agar to'pni darvozabonga emas, xuddi gol kiritilgan vaziyatdagi kabi darvoza burchagiga yo'llanganida hisob boshqacha ko'rinish olardi", - deya qo'shimcha qildi Viktor Kumikov.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi Oliy Liga 5-tur uchrashuvida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Lokomotiv, Viktor Kumikov, Nasaf, Oliy Liga

Yangilikni 12.04.2009 kuni soat 12:39da fc-lokomotiv saytga qo'shdi
manba: "Nasaf" FK rasmiy sayti
 
Имя *:
Email:
Код *:
So'nggi yangiliklar
Intervyu
KEYINGI UCHRASHUV
18-aprel, shanba
Lokomotiv - Mash'al
 
SO'NGGI UCHRASHUV
Nasaf 1:1 Lokomotiv
tafsilot / statistika / taqvim
Lokomotiv Oliy Liga-2009da
3 Olmaliq 5 10
5 Xorazm 5 8
6 LOKOMOTIV 5 8
7 Navbahor 4 6
8 Neftchi 5 6
to'liq jadval / to'liq taqvim
   
Хостинг от uCoz
Bosh sahifa |  Loyiha haqida |  Aloqa |  Yangiliklar 
Intervyular |  Tarix |  Jamoa |  Klub |  Stadion 
Taqvim |  Jadval |  Fotoalbom |  Loyihalar 
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda lokomotiv.tash.uzga manba ko'rsatish shart! Taklif va tanqidlar uchun: mailbox@lokomotiv.tash.uz
Copyright © 2006-2008