11 aprel kuni Qarshi shahrida "Nasaf" va "Lokomotiv" klublari o'rtasida Oliy Liga 5-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvning birinchi bo'limida darvozalar daxlsiz qoldi.
Hisob ikkinchi bo'limda "Loko" futbolchilari tomonidan ochildi. 53-daqiqada maydon markaziga yaqin joyda "Nasaf" yarim himoyachisi Lutfullo To'rayev qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'p egallab olgan "temiryo'lchilar" Olim Navkarovni qulay vaziyatga chiqarishdi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hisoblangan hujumchi maydon egalari himoyachisi Artyom Filiposyanni ajoyib tarzda aldab o'tib, darvozabon Mikola Pavlenkoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 1:0, "Loko" oldinda.
Oradan 20 daqiqa o'tib "Nasaf" hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa sardori Botir Qorayevning chap qanotdan uzatib bergan to'pini qarshiliklarning ukrainalik hujumchisi Oleg Melnik boshi bilan Aleksandr Filimonov darvozasiga to'g'irlab qo'ydi - 1:1.
Ushbu hisob o'yin so'nggigacha o'zgarmadi.
Oliy Liga, 5-tur, 11-aprel Nasaf - Lokomotiv 1:1 (0:0) Gollar: Olim Navkarov (53), Oleg Melnik (73).
Lokomotiv: Aleksandr Filimonov, Vitaliy Pochuyev, Ivan Kucherenko, Rustam Boqiyev, Aleksandr Maltsev, Muzaffar Umrzoqov, Nenad Petrovich (Timur Ayzatulov 46), Aleksey Klikunov, Ibrohim Rahimov (Yanis Manzukas 46), Pavel Solomin (No'mon Hasanov 66), Olim Navkarov.
Hakam: Rustam Saidov.
Uchrashuvdan olingan fotolarni bu yerda ko'rish mumkin (fotolar fcnasaf.uz'dan olingan).