 |
| © lokomotiv.tash.uz |
Ayni vaqtda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Turkiyada olib borayotgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi Xarkovning "Metallist" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda ukrain klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Uchrashuv 13-fevral kuni soat 17:00da boshlanadi. Ushbu bahs "Metallist" uchun Turkiya yig'inidagi yagona bahs bo'lishi bilan birga, Italiyaning "Sampdoriya" klubiga qarshi UEFA Kubogi 1/16 kubogi uchrashuvi oldidan so'nggi tayyorgarlik uchrashuvi hisoblanadi. "Metallist" Ukraina chempionati birinchi davrasi yakuniga ko'ra, 17 uchrashuvdan keyin 37 ochko bilan Kiyev "Dinamo"sidan keyin 2-o'rinni egallab turibdi. "Metallist" mavsumoldi yig'inlari chog'ida Toshkentning boshqa 2 klubi - "Paxtakor" va "Bunyodkor"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazgan. Xarkovliklar ikkala bahsdan ham mamlakatimizning yetakchi klublariga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. "Metallist" rasmiy saytida "Lokomotiv" - "Metallist" uchrashuvidan onlayn-reportaj tashkil qilinadi. Uni ushbu linkka o'tib kuzatishingiz mumkin.
|