 |
| © lokomotiv.tash.uz |
Toshkentda "A" litsenziyasi uchun murabbiylik kurslari bo'lmoqda. Unda "Lokomotiv" murabbiylaridan - Sergey Andreyev ishtirok etmoqda. 27 noyabrdan 26 dekabrga qadar mamlakatning 24 ta futbol mutaxassisi Osiyo futbol konfederatsiyasining "A" litsenziyasi uchun xalqaro murabbiylik kurslarida ishtirok etmoqda. O'qish "Chig'atoy" futbol markazida olib borilmoqda. Seminarga Rustam Akramov yo'riqchilik qilmoqda. Unga koordinatorlar Anvar Ismoilov va Grigoriy Kolosovskiylar yordam berishmoqda. "A" litsenziya kurslarida jami 24 ta tinglovchi qatnashmoqda. Ular orasida Vadim Abramov (terma jamoamiz menejeri), Sergey Andreyev ("Lokomotiv") kabi mutaxassislar bor. Eslatib o'tamiz, yangi talablarga ko'ra, "A" litsenziyasiga ega bo'lmagan murabbiy keyingi yildan Oliy Ligada bosh murabbiy lavozimida ishlay olmadi. Ma'lumot uchun shuni aytib o'tishimiz mumkinki, ayni damgacha O'zbekistondagi murabbiylik kurslari orqali 38 nafar mutaxassis "A" litsenziyasiya ega bo'lib ulgurishgan. Birinchi bor 2002 yili tashkil etilgan bunday o'qishda Rauf Inileyev, Farhod Magometov, Viktor Jalilov, Valeriy Lyotkin va boshqa mutaxassislar qatnashishgan. Ikkinchi kurslar 2005 yili uyushtirilgan. Mana, kurslar endi uchinchi marta tashkillashtiriladi.
|