 |
| © lokomotiv.tash.uz |
Pro-liga degan kalima qulog'imizga tez-tez chalinadigan bo'lib qolgandi. O'rganib ham qoldik. Naqd 7 oy bu so'z yetakchi jamoalarimiz tabini hira qilib keldi. "Lokomotiv" Chempionlar Ligasida ishtirok etmasa-da, "Lokomotiv" hayotiga ham jinday ta'sir ko'rsatadiganga o'xshaydi. Gap shundaki, Pro-liga talablariga ko'ra mamlakat chempionat o'yinlariga kirish bepul bo'lmasligi kerak (ekan). "Loko"ning Toshkentdagi o'yinlariga borganlar yaxshi bilishadi - chipta sotilmaydi. Esimda, Oliy Ligadagi ikkinchi mavsumida "Loko"ning "Neftchi" bilan o'yini JARda bo'lgan edi. 200 so'mga chipta sotib olishga to'g'ri kelgandi. O'yin 200 so'mdan qimmatiga arziydigan darajada bo'lgandi. Shunday qilib, Pro-liga talablari asosida paydo bo'lgan Professional Futbol Ligasi (PFL) bor. Ushbu tashkilot bu yil yozda paydo bo'lgan ersa-da, rostakamiga kelayotgan yangi mavsumda ishlaydi. Agar PFL biz yuqorida aytib o'tgan qoidani butun OLiy Ligada joriy qiladigan bo'lsa, "Loko" o'yinlarini ko'rish uchun chipta sotib olishga to'g'ri keladi. Shaxsan men bunga qarshi emasman. Bu klubga yaqin 1-2 yil unchalik ham sezilarli foyda keltirmasada. Umid qilib qolamanki, bu "Loko" o'yinlariga keladigan ishqibozlar uchun ham katta muammo tug'dirmaydi.
|