 |
| © lokomotiv.tash.uz |
"Lokomotiv" mavsumni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunladi. Oliy Liga 30-turida Andrey Miklyayev shogirdlari "Buxoro"ni qabul qilishdi 4:1 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvda hisob 31-daqiqada Marsel Idiatullin tomonidan ochildi. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi turning bezagiga aylandi, deyish mumkin. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida mehmonlar ancha faol o'ynashdi va buning samarasi o'laroq 54-daqiqada Lochin Soliyev o'rtadagi muvozanatni tikladi. 70-daqiqada esa Ilnur Xazigaliyev "Loko"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu kuni juda chiroyli o'yin ko'rsatgan "temiryo'lchilar" pleymeykerining o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasini "Buxoro" posboni qaytara olmadi. Uchrashuvning so'nggi 10 daqiqasi zahiradan maydonga tushgan Olim Navkarovga ataldi. Avvaliga 79-daqiqadan to'pni "Buxoro" darvozaboni Dilshod Baqoyev ustidan oshirib darvozani ishg'ol qilgan O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi uchrashuvning so'nggi soniyalarida Rustam Yaraliyevning o'ng qanotdan uzatgan to'p oshirishini boshi bilan golga aylantirdi. Shunday qilib, o'tgan yili 14-jamoa bo'lgan "Loko" ushbu mavsumni 8-o'rinda yakunladi. "Lokomotiv" - "Buxoro" 4:1 (1:0) Gollar: Marsel Idiatullin (31’), Ilnur Xazigaliyev (70’), Olim Navkarov (79, 90’’) - Lochin Soliyev (54’). "Lokomotiv": Pavel Matus, Afzal Azizov, Rustam Yaraliyev, Jamshid Hamroaliyev, Vohid Holboyev, Elyor Jahonov, Yannis Manzukas (Olim Navkarov), Everton (Muzaffar Umrzoqov), Ilnur Xazigaliyev (Erkin Boydullayev), Timur Vasilyev, Marsel Idiatullin. Ogohlantirishlar: Ilnur Xazigaliyev (61’), Olim Navkarov (75’) - Alisher Sanayev (27’), Sergey Ivlev (40’). Hakamlar: Ravshan Ermatov - 9,6; Irina Kutsilo - 9,2; Abduhamidullo Rasulov - 9,5; A.Popov - 9,0. Nazoratchi: A.Abdullayev. Toshkent. TTYMI stadioni. 789 tomoshabin. O'rinbosarlar - 1:2.
|