 |
| © lokomotiv.tash.uz |
23-noyabr kuni Oliy Liga-2008 o'z yakuniga yetadi. Shu kuni "Lokomotiv" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qiladi. O'tgan turda "Sho'rtan" bilan nursiz durang o'ynagan buxoroliklar rasman Oliy Ligani tark etgan klub sifatida Toshkentga kelishadi. Umuman olganda, "Buxoro" "Loko" uchun qiziqarli raqiblardan biri edi. "Loko"ni Oliy Ligada birinchi bo'lib yenggan klub "Buxoro" edi. 2005-yilda tabiat injiqligi sabab "Buxoro" bilan bir davraning o'zida ikki marta uchrashgandi "Loko". Endi esa "Buxoro" birinchi ligada. Ishonamizki, uning birinchi ligaga qiladigan safari bir mavsumda ortmaydi va 2010-yilda yana Oliy Ligamizda "Loko" - "Buxoro" to'qnashuvini ko'ramiz. Uchrashuvni Osiyoning eng kuchli uchtaligiga kirgan hakamlar boshqaradigan bo'lishdi. Bosh hakam etib tayinlangan Ravshan Ermatov Osiyoning 2008-yildagi eng yaxshi hakami nomiga da'vogarlik qilayotgan bo'lsa, Abduhamidullo Rasulov eng yaxshi laysmen bo'lish uchun asosiy nomzodlardan biri. Ushbu ikki yo'nalish bo'yicha eng yaxshilar nomi 25-noyabr kuni e'lon qilinadi. Bu borada ikkala hakamimizga ham omad tilab qolamiz! Shunday qilib, hamma-hammani 23-noyabr, soat 14:00da Toshkent Temiryo'l Muhandislari instituti stadioniga taklif qilamiz! Oliy Liga, 30-tur 23-noyabr, yakshanba, 14:00 Lokomotiv - Buxoro Bosh hakam: Ravshan Ermatov. Yon chiziq hakamlari: Irina Kutsillo, Abduhamidullo Rasulov. Zahiradagi hakam: A.Popov Nazoratchi: A.Abdullayev.
|