 |
| © lokomotiv.tash.uz |
O'tgan mavsumni ancha bo'sh o'tkazgan va qiyinchilik bilan Oliy Ligadagi o'rnini saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi ham allaqachon mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Ma'lumotlarga qaraganda, jamoadagi o'zgarishlar talaygina. Jumladan, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosidao'tkazgan Afzal Azizov va Erkin Boydullayevlar yana "Quruvchi" ixtiyoriga qaytishgan. Haydar Pirnazarov esa kelgusi taqdirini poytaxtning boshqa bir vakili - "Paxtakor" bilan bog'ladi. Shuningdek, jamoani Alisher Ahmedov ham tark etish istagini bildirgan. Alisher Usmonov esa "Sho'rtan" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Ularning o'rnini to'ldirish maqsadida jamoaga bir qator yangi futbolchilar taklif etilgan.Biroq hozircha jamoa rahbariyati ularning nomlarini oshkor etishni istamadi. Shuningdek, jamoa mashg'ulotlarida "Andijon"dan bir nechta o'yinchilar ishtirok etishmoqda. "Andijon"ning turkmanistonlik darvozaboni Pavel Matus o'zi bilan birga hujumchi Vasiliy Plyushenkoni olib kelgandi, biroq o'tgan haftada ular "Andijon" klubi lagerini tark etib, "Lokomotiv" jamoasi tarkibiga qo'shilishdi. "Andijon" jamoasi umidli futbolchisi sifatida e'tirof etilayotgan Ibrohim Otaxonov va chap qanot yarim himoyachisi Doniyor Tojiboyevlar ham ayni vaqtda "temiryo'lchilar" mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. O'tgan mavsumni "Samarqand-Dinamo"da o'tkazgan Sergey Ni ham ayni vaqtda "Loko" tarkibida.
|