 |
| © www.uzfootball.com |
O'tgan turda "Neftchi"ni safarda mag'lub etib qaytgan Ravshan Muqimov shogirdlari bu safar JARda "Andijon"dan mag'lub bo'lib, yana hammani hayron qoldirdilar. Uchrashuv 1-0 hisobida "Andijon" foydasiga hal bo'ldi. Yagona to'p muallifi - so'nggi turlarda "Andijon" joniga oro kirayotgan Doniyor Hamidullayev bo'ldi. Hisob 25 daqiqada ochilgan bo'lsa, oradan 10 daqiqa o'tib "Andijon" bir o'yinchi kam bo'lib o'ynay boshladi. Agar "Loko" futbolchilari so'nggi lahzalarda aniqroq harakat qilganlarida bemalol yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lardilar. Ammo... O'zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida berilgan qisqa protokoldagi ma'lumotlar kishini hayron qoldiradi: Ташкент. 2000 зрителей. Toshkentda degan joyiga e'tiroz yo'q, ammo 2000 tomoshabin... Agar 8 ta sektorga 1 tadan odam qo'yib chiqsa, stadion 8000 ta odam bor deb hisoblanishini bilmas ekanman...
|