 |
| © lokomotiv.tash.uz |
… hali qimmatga tushmasaydi. 2-noyabr kuni “Lokomotiv” “JAR”da o’zining eng asosiy raqiblaridan biri “Vobkent”ni qabul qildi. Ko’pchilik ushbu uchrashuvda temiryo’lchilarning g’alabasini tahmin qilayotgandi. “Loko”ning uyda o’ynayotganligi, so’nggi natijalar shunday xulosaga kelishga undardi. Ammo maydon tekis, to’p yumaloq, hammasi maydonda hal bo’ladi. Bir tur avval safarda yana bir asosiy raqibini yer tishlatgan “Loko” bu safar “Vobkent” darvozasiga yo’l topa olmadi. Shuni ta’kidlash o’rinliki, o’tgan turda “Metallurg” “Vobkent” mehmoni bo’lib, safardan 1:0 hisobidagi g’alaba bilan qaytgandi. Agar bugun “Loko” shunday qulay imkoniyatdan foydalanib qolganida, biroz bemalolroq nafas olsa bo’lardi. Lekin endi yana biroz asabiylashishga to’g’ri keladi. Alam qiladigani, "Loko" ushbu mavsum "Vobkent"ni mag'lub eta olmadi (Vobkentda 1-0 Vobkent foydasi, Toshkentda 0-0). Ushbu ko'rsatkichga tarixda o'zgartirish kiritib bo'lmasligi xavfi borligi, achinarli. Kutamiz. Sabr qilamiz. Sabrning tagi rahmon. Hali oldinda vaqt bor. Keyin, to’p hamma yerda yumaloq, maydon ham tekis(roq). O’zbekiston Oliy Ligasi, 25-tur 2-noyabr, juma “LOKOMOTIV” – “VOBKENT” 0:0 Toshkent. “JAR”. 1500 tomoshabin Hakam: Dmitriy Roman – 8,3. Ogohlantirishlar: Erkin Boydullayev, 24; Afzal Azizov, 28. – X.Rahimov, 59.
|