 |
| © www.turkmenistan.ru |
Asta-sekinlik bilan 2010 yil Janubiy Afrika Respublikasida bo’lib o’tadigan Jahon Chempionatiga saralash bahslari start olmoqda. Osiyo mintaqasida 1-saralash bosqichi uchrashuvlari yakuniga yetib, keyingi bosqichga yo’l olgan jamoalar nomi aniq bo’ldi. Saralash bahslarida ishtirok etgan Turkmaniston terma jamoasi raqibi Kambodja ustidan umumiy hisobda 5-1 natijasini qayd etib, keyingi bosqichga yo’l oldi. Quvonarli tomoni, “Lokomotiv”ga ikkinchi davradan kelib qo’shilgan turkmanistonlik qanot yarim himoyachisi Yevgeniy Zemskov ham ushbu qatnashish uchun Turkmaniston terma jamoasiga chaqirildi. Dastlabki uchrashuvga ham, javob uchrashuviga chaqirilgan Zemskov ikki uchrashuvda ham yakuniy tarkibga kiritildi. Ammo maydonga tushish nasib qilmadi. 2-saralash bosqichiga yo’l olgan Turkmaniston terma jamoasi 3-saralash bosqichi yo’llanmasi uchun Gonkong termas bilan bahs olib boradi. Terma jamoadan chaqiruv olishning o’zi katta sharaf. Yevgeniyning keyinchi uchrashuvlarda terma jamoasining g’alabasiga maydonda o’z ulushini qo’shishiga tilakdoshmiz!
|