 |
| © lokomotiv.tash.uz |
“Loko”ning mag’lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda. Ketma-ket ikkinchi tur safarda to’p surayotgan Muqimov shogirdlari mag’lubiyat nimaligini bilishmayapti. Bu safar G’uzorda mahalliy “Sho’rtan” mehmoni bo’lgan temiryo’lchilar uchrashuvning 8-daqiqasidayoq hisobni ochishga erishgandilar. Ammo oradan 14 daqiqa o’tib Pavel Pavlovning goliga “Sho’rtan”ning turkmanistonlik legioneri Arif Mirzoyev javob berdi – 1:1. Ushbu hisob uchrashuv yakuniga qadar o’zgarmadi. O’zbekiston Oliy Ligasi, 24-tur. “Sho’rtan” – “Lokomotiv” 1:1 (1:1) G’uzor. 3000 tomoshabin. Hakam: S. Zaylobiddinov – 7,4. Gollar: Pavel Pavlov, 8 (0:1); Arif Mirzoyev, 22 (1:1). Ogohlantirishlar: Atoyev, 31; Mirzoyev, 45+1. – Xazigalyev, 5; Pavel Pavlov, 30; Jamshid Hamroaliyev, 67.
|