Create site free
Safarda birinchi g'alaba!!! - Yangiliklar - Lokomotiv Toshkent FK
Xush kelibsiz, mehmon! reGistratsiya / kirish
Yangiliklar
Safarda birinchi g'alaba!!! (768/0)    
© lokomotiv.tash.uz
Oliy Liga 23-tur uchrashuvlari doirasida Bekobodga safar qilgan Ravshan Muqimov shogirdlari safardan muhim g’alaba bilan qaytishdi. Marsel Idiatullin tomonidan uchrashuvning so’nggi 10 daqiqasida kiritilgan ikki gol “Lokomotiv”ning ajoyib g’alabasiga zamin yaratdi. Birinchi Ligaga “nomzodlar” bahsidagi g’alaba “Loko” hamda “Metallurg” o’rtasidagi ochkolar farqini 7 taga yetkazgan bo’lsa, shu kuni Toshkentda “Traktor”ga mag’lub bo’lgan “Vobkent” bilan oradagi farq uchtani tashkil etmoqda.

Ushbu g’alaba “Lokomotiv”ning Oliy Ligadagi o’rnini mustahkamlash bilan birga yana bir qator qiziqarli statistic ma’lumotlar bilan tarixdan joy oldi. Misol uchun, ushbu g’alaba “Loko” uchun Oliy Liga-2007dagi safarda erishilgan dastlabki g’alaba hisoblanaadi. Shuningdek, “Loko” ketma-ket ikki turdan beri g’alaba qozonmoqda.

Umid qilamizki, “Loko”ning ushbu ajoyib natijalari nafaqat ushbu mavsum oxirigacha, balki keyingi mavsumda davom etajak!

Barcha “Loko” ishqibozlarini ajoyib g’alaba bilan tabriklaymiz!!!

O’zbekiston Oliy Ligasi, 23-tur

“Metallurg” – “Lokomotiv” 0:2 (0:0)
Bekobod. Anoxin nomli stadion. 3500

Hakam: A. Jalilov – 8,0.

Gollar: Marsel Idiatullin, 80 (0:1); Marsel Idiatullin, 85 (0:2).

Ogohlantirishlar: D. O’rmonov, 62. – Oybek Usmonxo’jayev, 60.

Yangilikni 06.10.2007 kuni soat 01:46da fc-lokomotiv saytga qo'shdi
manba: Lokomotiv.Tash.uz
 
Имя *:
Email:
Код *:
So'nggi yangiliklar
Intervyu
KEYINGI UCHRASHUV
18-aprel, shanba
Lokomotiv - Mash'al
 
SO'NGGI UCHRASHUV
Nasaf 1:1 Lokomotiv
tafsilot / statistika / taqvim
Lokomotiv Oliy Liga-2009da
3 Olmaliq 5 10
5 Xorazm 5 8
6 LOKOMOTIV 5 8
7 Navbahor 4 6
8 Neftchi 5 6
to'liq jadval / to'liq taqvim
   
Хостинг от uCoz
Bosh sahifa |  Loyiha haqida |  Aloqa |  Yangiliklar 
Intervyular |  Tarix |  Jamoa |  Klub |  Stadion 
Taqvim |  Jadval |  Fotoalbom |  Loyihalar 
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda lokomotiv.tash.uzga manba ko'rsatish shart! Taklif va tanqidlar uchun: mailbox@lokomotiv.tash.uz
Copyright © 2006-2008