 |
| © lokomotiv.tash.uz |
21-turda o’z maydonlarida xavfli “mintaqa” sohiblaridan biri “Lokomotiv”ni qabul qilgan Muborakning “Mash’al” jamoasi birinchi bo’limdayoq uchrashuv taqdirini hal qilishga ulgurishgandi, go’yo. Tan olish kerak, bunday yirik hisobdagi ustunlik har qanday futbolchilining ruhiy holatiga haminqadar ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Shundan bo’lsa kerak, mezbonlar ikkinchi bo’limda biroz hotirjamlikka berildilar. Natijada biroz ustunlikka erishgan Ravshan Muqimov shogirdlari hisobni qisqartirishga erishdilar. Aytish mumkinki, “Loko” ham ikkinchi bo’limda o’z o’yinini topgandek bo’ldi. Biroq 80-daqiqaga kelib Kumikov shogirlari hotirjamlikdan qutula olishdi. Bu safar ham Viktor Klishin maydonni golsiz tark etmadi. Shunindek, jamoa sardori Xayrullo Karimov penalti tepish bo’yicha shaxsiy rekordini yangilashga erishdi. Xayrullo shu kungacha 19 penaltining barchasini golga aylantira olgan. “Lotereyani bexato tortadiganlar” ichida ikkinchi bo’lib turgan “Paxtakor” PFK murabbiyi Ilhom Sharipovda esa bu ko’rsatkich 10 ta zarbadan 10 ta goldir. O’zbekiston Oliy Ligasi, 21-tur “MASH’AL” – “LOKOMOTIV” 4:1 (3:0) Muborak. 5000 tomoshabin. Hakam: R. Hamidov – 8,0. Gollar: X. Karimov, 4-penaltidan (1:0); R. Qodirov, 40 (2:0); S. Shodmonov, 45+1 (3:0); Ilnur Xazigaliyev, 67 (3:1); V. Klishin, 81 (4:1). “Mash’al”: P. Butenko, D. Vaniyev, Xayrullo Karimov, A. G’ofurov (B. Qorayev, 45), V. Klishin, R. Qodirov, L. To’rayev, Hamza Karimov, G. Sapargaliyev, S. Shodmonov (J. Boboyev, 55), B. Qodirqulov (Sh. Mirxoldirshoyev, 70). “Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Rustam Yoraliyev, Saidkomil Akbarov, Haydar Pirnazarov (Sherzod Nazarov, 46), Shavkat Ahmadjonov, G’ulom Halimtoyev, Ilnur Xazigaliyev, Yevgeniy Zemskov, Oybek Usmonxo’jayev (Sarvar Ibodullayev, 70), Jamshid Hamroaliyev, Marsel Idiatullin (S. Berdiyev, 80). Ogohlantirishlar: Shavkat Ahmadjonov, 59; Yevgeniy Zemskov, 80. Nazoratchi: I. Nurmatov.
|