Create site free
Oliy Ligada qolishga harakat qilamiz - Yangiliklar - Lokomotiv Toshkent FK
Xush kelibsiz, mehmon! reGistratsiya / kirish
Yangiliklar
Oliy Ligada qolishga harakat qilamiz (950/0)    
© lokomotiv.tash.uz
“Lokomotiv” 198 kunlik tanaffusdan so’ng Oliy Ligada yana g’alaba qozondi. 22-tur uchrashuvlari doirasida “JAR”da “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda Ravshan Muqimov shogirdlari o’zlaridan kuchli bo’lgan raqibni yirik – 3:0 hisobida mag’lub etdilar. O’yin davomida dublga erishgan G’ulom Halimtoyev so’zsiz uchrashuvning bosh qahramoniga aylandi.

- Avvalo bugungi uchrashuvga oid fikrlaringizni bildirsangiz...
- Bundan buyog’iga ochko yo’qotishga haqqimiz yo’q, deb o’ylayman. Shundoq ham turnir jadvalida xavfli o’rinlardan biriga tushib qolganmiz. Hozir futbolchilarimiz vaziyatni to’g’ri tushungan holda maydonga chiqishlari lozim. Bugungi g’alaba osonlik bilan qo’lga kiritilmadi. O’zingiz ko’rdingiz, dastlabki bo’limda bir kishi kam bo’lib qoldik. Shunday bo’lsada, ikkinchi bo’limda vaziyatlardan unumli foydalanib, muhim ochkolarga ega chiqdik.

- Birinchi davraning birinchi uchrashuvida g’alaba qozongan “Lokomotiv” mana, so’nggi 18 turda qator mag’lubiyatlarga uchradi. To’g’ri, orada durang natijalar ham qayd etildi. Lekin aksar uchrashuvlarda ochkolar bor berildi. Bunga asosiy sabab nima? Balki jamoada maosh masalasida muammolar yuzaga kelgandir?
- Yo’q, rahbariyat oylik maoshlarini o’z vaqtida berib kelmoqda. Lekin nima uchun bunday qiyin ahvolga tushib qolganimizni o’zimiz ham anglamadik. Tarkib jihatdan boshqa jamoalardan qolishmaymiz. Jamoamiz sha’nini bir qator tajribali futbolchilar himoya qilishadi. Lekin uchrashuvlarda o’zimizni ko’rsata olmadik. Menimcha, jamoada murabbiylarning birin-ketin almashtirilishi o’z ta’sirini ko’rsatdi. Har bir murabbiyda o’z ish uslubi bo’ladi. Bugun qo’llagan taktikamiz, ertaga boshqa murabbiy kelgach, tubdan o’zgarishi mumkin. Aynan shu omillar jamoamizga qimmatga tushdi, deb o’ylayman.

- Ikkinchi davrada jamoaga kelganlardan ko’ra ketganlarning soni ko’p bo’ldi. Aziz Haydarov, Sahob Jo’rayev va Ilhom Mo’minjonovlar jamoaning asosiy futbolchilari hisoblanishardi. Ammo “Loko” 1-davrada ular bilan erisha olmagan natijalarini endi qo’lga kiritmoqda.
- “Lokomotiv”ni ikkinchi davrada yaxshi o’ynashiga sabab, Edgar Gessning jamoaga tashrif buyurgani bo’lsa kerak. Ushbu mutaxassis o’z ishining ustasi ekanligi ko’rinib turibdi. Undan tashqari davralar oralig’ida Dukentda o’tkazgan mashg’ulotlarimiz bugungi kunga kelib o’z mevasini beryapti.

- “Lokomotiv”ni qo’shib hisoblaganda, yana uch jamoa birinchi ligaga tushib ketishga “nomzod” bo’lib turibdi. Sizningcha, voqealar rivoji qanday kechadi?
- “Metallurg” bilan bizning jamoamizda “Vobkent” va “To’palang”ga nisbatan imkoniyat yuqoriroq. Chunki biz “Vobkent”dan farqli ravaishda aksariyat uchrashuvlarimizni uyda o’tkazamiz. Agar navbatdagi uchrashuvlarni ham xuddi bugungidek o’tkazadigan bo’lsak, Oliy Ligadagi o’rnimizni albatta saqlab qolamiz.

- Davralar oralig’ida Sizga ham boshqa jamoalardan takliflar bo’ldimi?
- Ha, lekin so’nggi to’rt yilni o’tkazgan jamoamni qiyin vaziyatda tashlab ketishni istamadim. Qolaversa, bu yerdagi murabbiylar menga ishonch bildirishyapti.

Yangilikni 18.09.2007 kuni soat 23:43da fc-lokomotiv saytga qo'shdi
manba: "InterFUTBOL" gazetasi
 
Имя *:
Email:
Код *:
So'nggi yangiliklar
Intervyu
KEYINGI UCHRASHUV
18-aprel, shanba
Lokomotiv - Mash'al
 
SO'NGGI UCHRASHUV
Nasaf 1:1 Lokomotiv
tafsilot / statistika / taqvim
Lokomotiv Oliy Liga-2009da
3 Olmaliq 5 10
5 Xorazm 5 8
6 LOKOMOTIV 5 8
7 Navbahor 4 6
8 Neftchi 5 6
to'liq jadval / to'liq taqvim
   
Хостинг от uCoz
Bosh sahifa |  Loyiha haqida |  Aloqa |  Yangiliklar 
Intervyular |  Tarix |  Jamoa |  Klub |  Stadion 
Taqvim |  Jadval |  Fotoalbom |  Loyihalar 
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda lokomotiv.tash.uzga manba ko'rsatish shart! Taklif va tanqidlar uchun: mailbox@lokomotiv.tash.uz
Copyright © 2006-2008