Create site free
"Lokomotiv" 198 kunlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi - Yangiliklar - Lokomotiv Toshkent FK
Xush kelibsiz, mehmon! reGistratsiya / kirish
Yangiliklar
"Lokomotiv" 198 kunlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi (675/0)    
© lokomotiv.tash.uz
Oliy Liga 20-tur uchrashuvlari doirasida Zarafshonning "Qizilqum" jamoasini qabul qilgan poytaxt temiryo'lchilari o'zlarining salkam 200 kunlik g'alabasiz seriyalariga barham berib, Igor Shkvirin jamoasi ustidan 3:0 hisobidagi yirik g'alabaga erishdilar. 34 daqiqadan boshlab bir kishi kam bo'lib harakat qilgan poytaxtliklar o'zlaridan nisbatan kuchli hisoblangan raqib ustidan chiroyli g'alabaga erishdilar. G'ulom Halimtoyev, Ma'mur Ikromov, Sarvar Ibodullayevlar uchrashuvning haqiqiy ma'nodagi qahramonlariga aylandilar.

Uchrashuvni jamoalar ehtiyotkorlik bilan boshladilar. Birinchi bo'lim asosan o'zining qo'polliklari bilan esda qoldi. Ana shunday qo'polliklardan biri "temiryo'lchi" Boydullayevning maydondan chetlatilishi bilan yakunlandi. 34 daqiqadan boshlab "Loko" bir o'yinchi kam bo'lib maydonda harakat qila boshladi. Bunday qaraganda, uchrashuvda "Qizilqum" tashabbusga erishdi. Ammo Igor Shkvirin shogirdlari birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham Ma'mur Ikromov darvozasiga yo'l topa olmadilar. Ba'zi vaziyatlarda "Loko" himoyachilari darvozabonlari bilan birga bahajihat harakat qilgan bo'lsalar, ba'zi vaziyatlarda zarafshonliklarga aniqlik yetishmadi.

"Loko" maydonda son jihatdan kamayib qolganiga qaramay, "Qizilqum"dan hayiqmay hujumlar uyushtirdi. Ayniqsa, Ravshan Muqmov shogirdlarining qarshi hujumlari xavfli ko'rinish oldi. Ana shunday qarshi hujumlarning biri 23 daqiqada Marsel Idiatullinning darvozani ishg'ol qilishi bilan yakunlangan edi, ammo bu vaziyatda hakam Idiatullin golni qo'li bilan urgan, deb hisoblab, golni inobatga olmadi.

Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham to'p muomula qilish borasida ham, hujumlar tashkil qilish borasida ham zarafshonliklar ustunlik qilishdi. Ammo bu kun omad ulardan yuz o'girgan edi. Hisob esa 54 daqiqa G'ulom Halimtoyev tomonidan ochildi. Himoyachilarni dog'da qoldirgan "Loko" yarim himoyachisi Bayramniyoz Berdiyev darvozasini aniq nishonga oldi.

82 daqiqaga kelib aynan Halimtoyev "Qizilqum" darvozasiga o'zining ham, jamoasining ham ikkinchi golini urdi. Bu vaziyatda "oltin izlovchilar" "Lokomotiv"ning xavfli qarshi hujumlaridan birini o'tkazib yubordilar. Zahiradan maydonga tushgan Sarvar Ibodullayev hamda Halimtoyevga qarshi "Qizilqum"ning ikki himoyachisi qolgandi. Ibodullayev to'pni Halimtoyevga oshirdi, u esa o'z navbatida himoyachini bir urinishda aldab o'tib, darvozasini jon holatda tashlab chiqqan turkmanistonlik darvozabonni ikkinchi bor hafa qildi.

Uchrashuvning so'nggi daqiqalari Igor Shkvirin shogirdlarining hujumlari ostida o'tdi. Hatto bir vaziyatda zarafshonliklar "Loko" darvozasini ishg'ol qilishga ham yaqin edilar, ammo hujum davomida "Loko" sardori Saidkomil Akbarovga nisbatan qo'pollik ishlatilgandi.

So'nggi daqiqalarda "Qizilqum" maydon egalari tomonidan tashkil etilgan yana bir qarshi hujumni o'tkazib yubordi. To'pni maydondan tashqariga chiqarib yuborgan himoyachilar, burchak to'pi amalga oshirilayotgan vaqtda Ibodullayevni yopishni unutdilar. U esa kechirib o'tirmadi - 3:0!

Shunday qilib, "Lokomotiv" o'zining 198 kunlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'yib, Oliy Liga-2007dagi ikkinchi g'alabasiga erishdi. Shu bilan birga, jamoa anchadan beri egallab turgan o'rni - so'nggi 16 o'rinni tark etib, bir o'rin yuqoriga ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Oliy Ligasi, 20-tur
16-sentabr, yakshanba

"LOKOMOTIV" - "QIZILQUM" 3:0 (0:0)
Gollar: G'ulom Halimtoyev, 54 (1:0); G'ulom Halimtoyev, 82 (2:0); Sarvar Ibodullayev, 90+3 (3:0).
Chetlatish: Erkin Boydullayev, 34 ("Lokomotiv").

Yangilikni 16.09.2007 kuni soat 23:57da fc-lokomotiv saytga qo'shdi
manba: www.uff.uz
 
Имя *:
Email:
Код *:
So'nggi yangiliklar
Intervyu
KEYINGI UCHRASHUV
18-aprel, shanba
Lokomotiv - Mash'al
 
SO'NGGI UCHRASHUV
Nasaf 1:1 Lokomotiv
tafsilot / statistika / taqvim
Lokomotiv Oliy Liga-2009da
3 Olmaliq 5 10
5 Xorazm 5 8
6 LOKOMOTIV 5 8
7 Navbahor 4 6
8 Neftchi 5 6
to'liq jadval / to'liq taqvim
   
Хостинг от uCoz
Bosh sahifa |  Loyiha haqida |  Aloqa |  Yangiliklar 
Intervyular |  Tarix |  Jamoa |  Klub |  Stadion 
Taqvim |  Jadval |  Fotoalbom |  Loyihalar 
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda lokomotiv.tash.uzga manba ko'rsatish shart! Taklif va tanqidlar uchun: mailbox@lokomotiv.tash.uz
Copyright © 2006-2008