|
|
| Nega endi O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynamasligim kerak?! (1063/3) |
| Футболимизда ўзга юрт футболи вакиллари, яъни легионерлар етарлича топилади. Уларнинг сони йилдан-йилга ортиб бормоқда. Тошкентнинг «Локомотив» жамоасида икки йилдан бери тўп суриб келаётган бразилиялик «шамол» лақабли ҳужумчи Эвертон Дос Чагос Кавалканте мазмунли ўйин намойиш қилаётган легионерлардан бири. У нафақат ўртамиёна клублар, балки кучли рақибларга қарши кечган ўйинларда ҳам юқори даражада ўйнамоқда. |
|
|
|
| Men uchun jamoa natijasi muhimroq (883/0) |
| Bu yilgi mavsumni ancha bo’sh boshlagan “Lokomotiv” 1-davra o’yinlarini 15-o’rin bilan yakunladi. Ana shunday mushkul vaziyatda jamoani bir qator yetakchi futbolchilar tark etishdi. Jumladan, Ilhom Mo’minjonov, Aziz Haydarov, Sahob Jo’rayev uchligi “Quruvchi” klubiga yo’l olgan bo’lsa, Rustma Boqiyev “Traktor” jamoasiga qaytdi. Artur Parvanov endi bekobodliklar darvozasini qo’riqlayotgan bo’lsa, Uchqun Qobilov “To’palang” jamoasidan qo’nim topdi. Bu ro’yhatni yana davom ettirish mumkin. Ularning o’rnini to’ldirish uchun ko’plab yangi o’yinchi jalb qilindi. Shulardan biri “Quruvchi”ning yosh va umidli o’yinchisi Erkin Boydullayev edi. Uni temiryo’lchilar mavsum oxirigacha ijaraga olishdi. Biroq bugungi kunda “Lokomotiv” klubini Boydullayevsiz tasavvur qilish qiyin. U qisqa vaqt ichida nafaqat asosiy tarkibdan muqim joy egalladi, balki jamoa yetalchilaridan biriga aylandi. Qiyinchilik bilan o’z mavqeini tiklab borayotgan bu jamoada Erkin Boydullayevning tutgan o’rni beqiyos. |
|
|
|
| "Lokomotiv" "Paxtakor" va "Quruvchi"dek bo'ladi (1046/0) |
| "Lokomotiv" asosiy tarkibining yarmidan ko’pi davralar oralig’ida boshqa jamoalarga o’tib ketdi. Shunday bo’lsa-da, klub rahbariyati aslo tushkunlikka tushmadi. Ya’ni ketganlar o’rnini to’ldirish maqsadida jamoaga bir qator tajribali futbolchilar jalb qilindi. “Quruvchi” klubi a’zosi, o’z vaqtida terma jamoamiz tarkibida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tanilgan mohir himoyachi Afzal Azizov ham shular jumlasidandir. Jarohati bois 1-davrani zahira o’rindig’ida o’tkazib yuborgan ushbu futbolchi qisqa muddat ichida “Lokomotiv”ning haqiqiy yetakchisiga aylanib ulgurdi. Biroq u temiryo’lchilarning yirik g’alabalari bilan tugagan “Lokomotiv” – “Qizilqum” uchrashuvida (20-tur) maydonga tushmadi. Buning sababini bilish maqsadida uni suhbatga tortdik. |
|
|
|
| Oliy Ligada qolishga harakat qilamiz (949/0) |
| “Lokomotiv” 198 kunlik tanaffusdan so’ng Oliy Ligada yana g’alaba qozondi. 22-tur uchrashuvlari doirasida “JAR”da “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda Ravshan Muqimov shogirdlari o’zlaridan kuchli bo’lgan raqibni yirik – 3:0 hisobida mag’lub etdilar. O’yin davomida dublga erishgan G’ulom Halimtoyev so’zsiz uchrashuvning bosh qahramoniga aylandi. |
|
|
|
| G'alaba yigitlar ruhiyatini ko'taradi (826/0) |
| Davralar oralig’ida “Lokomotiv” rahbariyatida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Va yangi rahbariyat bosh murabbiylikka eng munosib nomzod sifatida Ravshan Muqimovni tanladi. To’g’ri-da, jamoani hech kim Muqimovchalik yaxshi bilmaydi. Yangi mutaxassisning muhitga moslashib olishi, futbolchilarni o’rganib chiqishi uchun ham ma’lum muddat kerak. Chempionat autsayderlari safida borayotgan jamoada es ahar bir soniyali qimmatli. Shu ma’noda klub rahbariyati to’g’ri qaror qabul qilgan, deyish mumkin. “Lokomotiv” va “Qizilqum-Oltin” jamoalari uchrashuvidan keyin biz temiryo’lchilar ustozi Ravshan Muqimov bilan suhbatda bo’ldik. |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| KEYINGI UCHRASHUV |
| 18-aprel, shanba |
| Lokomotiv - Mash'al |
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|